Namangan muhandislik-qurilish instituti ilmiy kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi
Yigʻilishni institut rektori Sharifjon Ergashev ochdi va olib bordi.
Tadbir davomida 5 tashabbus loyihasining institutda amalga oshirilishi, top-1000 talikka kirgan OTMlar tajribasini oʻrganish natijalari, Yoshlar akademiyasi faoliyati, Xotin-qizlar kengashining joriy oʻquv yilidagi ish rejasining bajarilishi, ilmiy-tadqiqot ishlari natijadorligini oshirish va yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish toʻgʻrisidagi masalalar koʻrib chiqildi.
Ushbu mavzular yuzasidan mutasaddilarning hisobotlari tinglandi va kengash aʼzolari ularga savollar, takliflar bilan murojaat qildi.
Ilmiy kengash koʻrib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qildi.
NamMQI media markazi