Naberejniye Chelni institutini qo‘shma ta'lim dasturi asosida bitirayotgan talabalarning diplom himoyasi bo‘lib o‘tdi
NamMQI yakuniy davlat attestasiyasi hay'ati a'zolari Qozon federal universitetining Naberejnie Chelnidagi institutini qo‘shma ta'lim dasturi asosida bitirayotgan talabalarning diplom himoyasida onlayn ishtirok etdi.
“Mashinasozlik texnologiyasi” yo‘nalishida tahsilni yakunlayotgan 13 nafar talabadan 7 nafari a'lo, 6 nafari esa yaxshi baholarga diplomni himoya qildi.
Naberejnie Chelni instituti va NamMQI hay'at a'zolari ularni qo‘sh diplom egalari bo‘layotganlari bilan tabriklab, kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tiladi.
Qo‘shma ta'lim dasturi asosida bitirayotgan talabalarning diplom himoyasida NamMQI rektori Sharifjon Ergashev, talabalarning ota-onalari ishtirok etdi.
NamMQI media markazi