Naberejnie Chelni instituti direktorining maslahatchisi talabalar bilan uchrashdi
Qozon federal universiteti Naberejnie Chelni instituti direktorining maslahatchisi Mahmud G‘aniev 2+2 dasturi asosida tahsil olayotgan NamMQI talabalari bilan uchrashdi.
Muloqot davomida o‘qishini Tataristondagi mazkur institutda davom ettiradigan talabalarga ushbu oliy o‘quv yurti va unda yaratilgan sharoitlar haqida ma'lumot berildi.
Mahmud G‘aniev talabalarning qo‘shma ta'lim dasturi bo‘yicha o‘qish yuzasidan bergan savollariga batafsil javoblar berdi.
NamMQI media markazi