Mustaqilligimizni asrash va uni mustahkamlash uchun yana nimalar qilishimiz kerak?
Global dunyoda mustaqillikni saqlab qolish tobora murakkablashib bormoqda. Katta davlatlar boshqa davlatlarni turli yo‘llar bilan o‘ziga qaram qilishga intiladi.
Shunday sharoitda mustaqilligimizni asrash va uni mustahkamlash uchun yana nimalar qilishimiz kerak?
Avvalo, jamiyat birdamligi va qonunlarga itoatkorligi, sifatli ta'lim ko‘rgan avlodni tarbiyalash, professional va kuchli armiya, davlat institutlarining hamkorligi, resurslarning adolatli taqsimoti va halol siyosiy raqobat!
Bularning barchasiga erishish uchun oddiy fuqarodan tortib barcha darajadagi mansabdorlardan o‘z burch va vazifalariga halol yondashishi talab etiladi.
Mustaqillik oliy ne'matlardan biri, uni asrab-avaylash har birimizga bog‘liq. Bu yo‘lda qo‘limizdan kelgan barcha ishni halol va sidqidildan bajaraylik!