Murabbiylik soatlarida radikallashuvga qarshi saboqlar
Mutaxassislarning fikricha, hozirda ekstremizmning turli ko‘rinishlarini o‘zida tashuvchi g‘oyalar targ‘iboti bilan shug‘ullanuvchi minglab sayt va kanallar faoliyat olib bormoqda. Ular yoshlarga yot g‘oyalarni singdirib, turli urush va nizo o‘choqlariga jalb qilmoqda.
Jangari guruhlar o‘z safiga yoshlarni jalb etishda axborot vositalaridan keng foydalanmoqda. Turli internet saytlari, ijtimoiy tarmoqlarda tashkil etilgan forum va guruhlar, videoportallardan keng foydalanmoqda. Oqibatda ayrim yoshlarimiz o‘zlari bilmagan holda bunday oqimlar ta'siriga tushib qolmoqda.
NamMQI Transport fakultetida bunday salbiy holatlarning oldini olish maqsadida axborot va murabbiylik soatlaridan unumli foydalanib, radikallashuvga qarshi keng tushuntirish ishlari olib borilmoqda.