Muhim vazifalar muhokamasi va fakultetlar taqdimoti
Institutda Prezident boshchiligidagi taʼlim, sogʻliqni saqlash, raqamlashtirish, madaniyat va sport sohalarida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar yuzasidan boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishi muhokamasi va fakultetlarning 2024-yilda amalga oshiriladigan ishlar boʻyicha taqdimotlari oʻtkazildi.
Prorektorlar, fakultetlar dekanlari va boʻlim boshliqlari ishtirok etgan yigʻilishda taʼlim dasturlarini TOP-300 ga kirgan oliygohlar dasturi asosida yangilash, kollej-texnikumlar va oliygohlarni ish beruvchilar bilan uzviy bogʻlaydigan tizim boʻyicha takliflar, texnolog, arxitektor, muhandis, energetik kabi ehtiyoj yuqori kasblar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydigan muhitni joriy etish, talabalar mustaqil ishlashi uchun sharoit yaratish, “xarajat – tadqiqot – mahsulot” formulasi, fakultetlar brendini yaratish kabi masalalar koʻrib chiqildi.
Yakunda koʻrib chiqilgan masalalar yuzasidan fakultetlar mutasaddilariga tegishgli koʻrsatmalar berildi.