Muhandislik ta’limining ilk kuni -“Mustaqillik darslari”
Namangan muhandislik-qurilish institutining Yo‘l muhandisligi kafedrasida “Mustaqillik darsi” doirasida Ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash bo'yicha Namangan viloyati Transport boshqarmasi rahbari Sanjarbek Tursunovich Turg‘unov ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi. Ushbu uchrashuv doirasida Sanjarbek Tursunovich talabalarga bugungi kundagi ishlab chiqarishdagi ta’lim, yuksak bilim asosi hamda salohiyatli kadrlarning eng asosiy omili bu sifatli ta’lim hamda mehnat ekanligini ta'kidlagan holda ularga o‘ziga hos motivatsiya ulashdi.
Bundan tashqari ushbu institut hamda korxona o‘rtasida Namangan shahrining 2030-yilgacha mo‘ljallangan transport bosh rejasini ilmiy asosini ishlab chiqish bo‘yicha amalga oshirilayotgan hamkorlik ishlariga to‘xtalib, ushbu loyiha doirasida bajariladigan ishlarda talabalarning amaliy va nazariy ko‘nikmalarining o‘rni beqiyos ekanligini e'tirof etishdi.