Muhandislik kommunikasiyalari fakultetida Ma'naviyat va ma'rifat kengashi yig‘ilishida belgilangan vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi
Yig‘ilishda fakultet dekani, dekan o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari va professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.
Yig‘ilish avvalida Prezident raisligida bo‘lib o‘tgan kengaytirilgan yig‘ilish tafsilotlari aks etgan videolavha namoyish etildi.
Fakultet dekani Fayzulla Nishanov bugungi kunda ma'naviyat yo‘nalishidagi dolzarb masalalar, ularga yechim izlashda ziyolilar, xususan, professor-o‘qituvchilarning o‘rni haqida gapirib o‘tdi.
Jamoaning davlat rahbari ishtirokidagi yig‘ilishda ko‘tarilgan mavzular va takliflar bo‘yicha fikr-mulohazalari tinglandi.
Yig‘ilish yakunida joriy yilda ilmiy va pedagogik faoliyati davomida yuqori natijalarga erishgan professor-o‘qituvchilar va ilmiy xodimlar e'tirof etilib, ularga fakultet reytinggini shakllanishida qo‘shgan salmoqli hissalari uchun minnatdorlik bildirildi.
NamMQI media markazi