• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Muhandislik kommunikasiyalari fakulteti kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Tadbir davomida ijro intizomi, talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichi, fanlardan resurslarni HEMIS platformasiga joylashtirish natijalari, professor-o‘qituvchilar tomonidan videodarslarni yaratish masalalari, ommaviy axborot vositalaridagi chiqishlar, haftaning har shanba kunini fakul'tetda "Ma'naviyat va ma'rifat" kuni sifatida belgilash, ichki turizm doirasida muzeylar, kutubxonalar va teatrlarga tashriflar uyushtirish to‘g‘risidagi masalalar muhokama etildi.

Yig‘ilishni fakultet dekani Fayzulla Nishonov ochdi va olib bordi. Muhokama etilayotgan masalalar yuzasidan fakultet jamoasining fikr-mulohazalari tinglandi.

Tadbir yakunida 2024/2025 o‘quv yilida fakul'tetga biriktirilgan Davlatobod va To‘raqo‘rg‘on tumanlarida proforientasiya ishlarini olib borish bilan bog‘liq tashkiliy choralar kelishib olindi.

NamMQI media markazi

  • Share :