• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

"KIWIE-2022" doirasida tashkil qilingan tanlovning g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Janubiy Koreyada o'tkazilgan ixtirochi ayollarning xalqaro ko'rgazmasi "KIWIE-2022" doirasida tashkil qilingan tanlovning g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Taqdirlash marosimiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar masalalari davlat qo‘mitasi raisi Zulayxo Baxriddinovna Mahkamova, O'zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziring maslahatchisi Kamola Shavkatovna Sobirova tashrif buyurdilar. Ushbu koʼrgazmada dunyoning 30dan ortiq davlati vakillarining ixtirolari, loyihalari ishtirok etdi. Shu jumladan Respublikamizdan 25 tadan ortiq ishlanmalar Oila va xotin-qizlar davlat qoʼmitasi tomonidan Janubiy Koreyada oʼtkazilgan Ixtirochi ayollarning xalqaro koʼrgazmasi “KIWIE – 2022”da ishtirok etish uchun mamlakatimizning olima ayollarining ixtirolari tavsiya qilingan edi. “KIWIE – 2022” koʼrgazmasi doirasida tashkil etilgan tanlovda ishtirok etgan mamlakatimiz olima ayollarining ixtirolari xalqaro ekspertlar tomonidan oʼrganilib, yuqori baholandi. Tanlovda ishtirok etgan institutimiz professori Ozoda Abdullayeva ham xalqaro medalni qoʼlga kiritishga sazovor bo’ldi.

  • Share :