Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor Muhandislik kommunikasiyalari fakulteti talabalariga dars o‘tdi
Namangan muhandislik-qurilish instituti moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori Fayzulla Qoraev Muhandislik kommunikasiyalari fakulteti birinchi kurs talabalariga dars o‘tdi.
Dars “Respublika oliy ta'lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari” mavzusiga bag‘ishlandi. Unda institutda ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma'lumot berildi.
Jumladan, institut talabalar turar-joy fondi 800 o‘ringa mo‘ljallangani, ayni paytda davlat-xususiy sheriklik asosida 300 o‘rinli TTJ ishga tushirilgani, yil oxiriga qadar yana 1000 o‘rinli yotoqxona qad rostlashi haqida hikoya qilindi. Talabalarning mavzu yuzasidan savollariga atroflicha javoblar berildi.