Milliy terma jamoa NamMQI sport majmuasida Osiyo kubogiga tayyorgarlik ko‘rmoqda
Joriy yil 5—15 oktyabr kunlari Shri-Lanka davlatida voleybol bo‘yicha Osiyo kubogi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Ushbu muhim turnirga hozirlik ko‘rayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi a'zolari NamMQI sport majmuasida o‘quv-tayyorgarlik mashg‘ulotlarini olib bormoqda.
Milliy terma jamoa mashg‘ulotlariga NamMQI dosenti, jamoa bosh murabbiyi Shuhratjon Ma'qulov bosh-qosh bo‘lmoqda.
NamMQI media markazi