“Materiallar qarshiligi va mexanika” kafedrasida “Kafedra kuni” bo‘lib o‘tdi
Canoatni axborotlashtirish fakulteti “Materiallar qarshiligi va mexanika” kafedrasida “Kafedra kuni” bo‘lib o‘tdi. Unda institut prorektorlari, fakul'tetlar dekanlari, bo‘lim boshliqlari, kafedra professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.
Dastlab mehmonlar kafedra tarixi va bugungi kuni haqida hikoya qiluvchi ko‘rgazma bilan tanishdi. Mazkur kafedra roppa-rosa 40 yillik shonli tarixga ega. Hozirgi kunda bu yerda 1 nafar fan doktori va 7 nafar fan nomzodi faoliyat olib bormoqda.
Professor Sharofiddin Yo‘ldoshev boshchiligida o‘ziga xos ilmiy maktab yaratishga erishilgan. Kafedrada ikkita innovasion guruh tashkil etilgan bo‘lib, ularga professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, magistrlar va iqtidorli talabalar kiritilgan.
Tadbir ishtirokchilari ushbu erishilgan natijalar va kafedra ilmiy salohiyatini yanada oshirishga qaratilgan taqdimotlar bilan tanishdi. Bu boradagi sa'y-harakatlarni jadallashtirish bo‘yicha fikr-mulohazalarini bildirdi.
NamMQI media markazi