Markaziy bank mutasaddilari NamMQI professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan uchrashdi
Malaka oshirish instituti majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bo‘lim boshlig‘i Elyor Ikromov boshchiligidagi bank mutasaddilarining Namangan muhandislik-qurilish instituti professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Muloqot savol-javoblarga boy tarzida kechdi. Mehmonlar, xususan, ta'lim kreditlarining ajratilishi, bankomatlardan naqd pul yechib olishdagi foizlar, kontrakt mablag‘larining to‘lanishi borasidagi ko‘plab savollarga batafsil javob berdi.
Shuningdek, bugungi kunda Markaziy bank tomonidan yuritilayotgan monetar siyosat, bank va moliya-iqtisodiyot sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida to‘laqonli tushunchalar berildi.
NamMQI media markazi