«Ma'rifat maydoni» Respublika ko‘rik-tanlovinining institut bosqichi o‘tkazildi
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarda yoshlarning faol ishtirokini ta'minlash, ularning ma'naviyat va ma'rifatga qiziqishlarini yanada oshirish hamda iqtidorlarini namoyish etish uchun imkoniyat yaratish maqsad qilingan ushbu tanlov Oliy ta'lim, fan va innovasiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan o‘tkazib kelinmoqda.
Institut talabalar turar-joyida bo‘lib o‘tgan va qizg‘in bahslarga boy bo‘lgan tanlov natijalariga ko‘ra birinchi o‘rinni Sanoatni axborotlashtirish, ikkinchi o‘rinni Muhandislik kommunikasiyalari, uchinchi o‘rinni esa Transport fakulteti talaba-yoshlari qo‘lga kiritdi.