“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun bo‘yicha uslubiy qo‘llanma, tavsiya va eslatmalar tarqatildi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Adliya vazirligi va Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bilan hamkorlikda “Manfaatlar to‘qnashuvi” to‘g‘risidagi qonunni qo‘llash bo‘yicha uslubiy qo‘llanma, tavsiya va eslatmalar ishlab chiqildi.
Ushbu hujjatlar institutga keltirilib, korrupsiyaga qarshi kurash bo‘limi mutasaddilar tomonidan professor-o‘qituvchilar va xodimlarga tarqatildi.
Shuningdek, talaba-yoshlar ham ushbu muhim hujjatlar bilan tanishishi uchun institut axborot-resurs markazi taqdim etildi.