«Ma'naviy-ma'rifiy yo‘nalishdagi ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yishda tyutorlarning o‘rni va roli» mavzusida seminar tashkil etildi
Institutda «Ma'naviy-ma'rifiy yo‘nalishdagi ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yishda tyutorlarning o‘rni va roli» mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi.
Tadbirni institut birinchi prorektori Odiljon Jakbarov ochdi va olib bordi. Shuningdek, o‘quv-seminarga professor-o‘qituvchilar, psixolog hamda profilaktika inspektori ham taklif etildi.
Seminar davomida tyutorlarga ma'naviy-ma'rifiy ishlarni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan yangi rejalar bo‘yicha zarur tushunchalar berildi. Ular bu borada o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javoblar oldi.