Mamlakatimizda ta’lim olishning qanday shakllari mavjud?
Ta’lim olish shakllari quyidagilardan iborat:
- ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olish (kunduzgi);
- ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish (sirtqi, kechki, masofaviy);
- dual ta’lim;
- oilada va mustaqil ta’lim olish;
- katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berish;
- inklyuziv ta’lim;
- eksternat tartibidagi ta’lim;
- mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlar tayyorlash.