Malaka sertifikatini olgan o‘qituvchiga 70 foiz qo‘shimcha haq to‘lanadi — Shavkat Mirziyoyev
“Ilg‘or texnologiyalarni biladigan, dars berish va o‘quvchilar bilimini baholashda yangicha yondashadigan muallimlarni qo‘llab-quvvatlaymiz.
Endi, muallimlarning nafaqat bilimi, balki malaka va mahoratini ham baholab, malaka sertifikatini berish tizimi joriy etiladi.
Malaka sertifikatini olgan o‘qituvchiga 70 foiz qo‘shimcha haq to‘lanadi (hozirda eng yuqori ustama 40 foiz).
Umuman, kelgusi yetti yilda muallimlarning oylik maoshi 2 karra oshiriladi”, – dedi nomzod.