Magistraturaga kirolmaganlar uchun qo‘shimcha imkoniyat
Davlat qabul komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq joriy o‘quv yilida faqatgina davlat OTMlarining magistraturasiga S1, V2 milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatiga ega bo‘lib, hujjat topshirgan, ammo kvota doirasida talaba bo‘lolmaganlarga belgilangan bazaviy to‘lov-kontraktning 1,5 baravaridan oshmagan miqdordagi to‘lov asosida magistraturada o‘qish imkoniyati yaratildi.
▪️O‘qish istagini bildirganlar OTM qabul komissiyalariga murojaat qilishlari mumkin.