Koreya Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari, ta'lim vaziri Li Ju-Xo forum tashkilotchilariga o‘z minnatdorligini bildirdi
Forumda videokonferensaloqa orqali ishtirok etayotgan Koreya Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari, ta'lim vaziri Li Ju-Xo forum tashkilotchilariga o‘z minnatdorligini bildirdi.
– Mazkur forum Koreya Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi davlat rahbarlarining so‘nggi uchrashuvidan so‘ng o‘tkazilayotgan ilk tadbir bo‘lganligi bilan ham yanada ahamiyatlidir, – dedi vazir.