Konferensiyada hamkorlik shartnomalari imzolandi
Qurilish fakultetida bo‘lib o‘tgan “Fan va innovasiya-2023: rivojlanish va ustuvor yo‘nalishlar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi doirasida hamkorlik shartnomalariga ham qo‘l urildi.
Jumladan, Namangan muhandislik-qurilish instituti va “Arxdizaynloyiha” mas'uliyati cheklangan jamiyati o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur hujjat institut talabalarining amaliyoti, tayyorlanayotgan loyihalarda professor-o‘qituvchilar ishtiroki kabi ko‘plab yo‘nalishlarni qamrab olgan.
Shartnoma institut rektori va “Arxdizaynloyiha” MChJ loyihalar bosh muhandisi Xosiyat Azizova tomonidan imzolandi.
NamMQI media markazi