Konferensiya yakuniga yetdi
“Zamonaviy arxitektura, binolar va inshootlarning mustahkamligi, ishonchliligi va seysmik xavfsizlik muammolari” mavzusidagi konferensiya yakuniga yetdi
Anjuman yakuniga bag‘ishlangan tadbirni institut ilmiy ishlar va innovasiyalar bo‘yicha prorektor Muhammadjon Dadamirzayev olib bordi. U konferensiya mazmunli o‘tgani, dolzarb mavzudagi ma'ruzalar va maqolalarga boy bo‘lganini e'tirof etdi.
Konferensiyaning boshqa ishtirokchilari ham bu haqdagi fikr-mulohazalarini bildirdi.
Anjuman ishida faol ishtirok etganlar institutning tegishli sertifikatlari bilan taqdirlandi.
NamMQI media markazi