• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

«Kelgusi yilda oliygohlar uchun imtiyozli ta'lim kreditlariga resurslar 2 barobar ko‘paytiriladi» — Prezident

Davlat rahbari Oliy Majlisga murojaatnomasida 2023 yilda oliygohlar uchun imtiyozli ta'lim kreditlariga resurslar 2 barobar ko‘paytirilib, 1,7 trillion so‘m ajratilishini aytdi.

«Bu yil ilm-fan va innovasiyalarga 1,5 trillion so‘m yo‘naltirildi. Bu – 2017 yilga nisbatan qariyb 6 barobar ko‘p, degani. Olimlarning ish haqi ham 4,5 barobarga oshirildi. Bularning hisobiga nano- va bio-texnologiyalar, raqamli geologiya kabi 18 ta yangi ilmiy yo‘nalish tashkil etildi.

2023 yili ilm-fan va innovasiyalarga 1,8 trillion so‘m ajratiladi. Endi olimlarimiz suv va energiyani tejash, tuproq unumdorligi va hosildorlik, geologiya, sanoat, qurilish kabi bugungi kunda biz uchun dolzarb yo‘nalishlarda aniq natijalar ko‘rsatishlari kerak», — dedi Shavkat Mirziyoev.

  • Share :