Kasaba uyushmalari kunida institut faxriylari yo‘qlandi
11 noyabr O‘zbekistonda Kasaba uyushmalari kuni etib belgilangan. Kasaba uyushmalari mamlakatimizdagi eng yirik jamoat tashkiloti bo‘lib, o‘z saflarida 5,5 milliondan ortiq a'zoni jamlagan.
Ushbu sana munosabati bilan Namangan muhandislik-qurilish instituti rektori Sharifboy Ergashev, yoshlar ishlari va ma'naviy-ma'rifiy masalalar bo‘yicha prorektor Odiljon Jakbarov, kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Ahmadjon Haydarov institutda ko‘p yilllar mehnat qilgan va kasaba uyushmasi faollaridan bo‘lgan bir guruh faxriylarni yo‘qladi.
Mutasaddilar Ijtimoiy fanlar kafedrasi professori Tursunboy Ma'murov, Oliy matematika kafedrasi dosenti Nurmatjon Turg‘unov xonadonlarida bo‘lib, institut jamoasining tabriklari va sovg‘a-salomlarini yetkazdi. Samimiy muloqotlar davomida faxriylarning umrlari va salomatliklari yanada ziyoda bo‘lishiga tilak bildirildi.
Faxriylar yo‘qlovi va kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan bog‘liq boshqa tadbirlar davom etmoqda.
NamMQI media markazi