Janubiy koreyalik investor Hindiston o‘quv xonasi bilan tanishdi
Janubiy koreyalik investor, School Foundation Sang Yu xorijiy korxonasi ta'sischisi Hyeon Min Bang Namangan muhandislik-qurilish institutida tashkil etilgan Hindiston o‘quv xonasi bilan tanishdi.
Hindiston tarixi, madaniyati, ilm-fani, ikki mamlakat o‘rtasidagi rishtalarni targ‘ib etuvchi ushbu xona mehmonda katta taassurot qoldirdi.
Hyeon Min Bang institutda kelgusida Janubiy Koreya o‘quv xonasi ham ochilishi maqsadga muvofiq ekanligi, bu borada amaliy ko‘makka tayyor ekanligini bildirdi.
NamMQI media markazi