Jamoa shartnomasining yangi tahriri tasdiqlandi
Institut ilmiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida jamoa shartnomasining yangi tahriri muhokama etildi. Mazkur masala yuzasidan institut kasaba uyushmasi raisi Ahmadjon Haydarov ma'ruza qildi.
Ma'ruza yuzasidan muzokaralarda ilmiy kengash a'zolarining fikr-mulohazalari tinglandi. Bildirilgan takliflardan kelib chiqib, institut jamoa shartnomasining yangi tahriri tasdiqlandi.
NamMQI media markazi