"JAHOLATGA QARSHI MA'RIFAT" TADBIRI TASHKIL ETILDI
Yoshlar o‘rtasida radikalizm, diniy mutaassiblik va noqonuniy diniy oqimlar ta'siriga tushib qolish, shuningdek, jinoyatchilik holatlarini oldini olish maqsadida NamMQI Transport fakulteti talabalari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda fakultet dekan o‘rinbosari G‘. Tuxliev, Yangi Namangan tumani hokimligi vakili B.Erkinov, viloyat IIB terorizm qarshi boshqarmasi xodimi S.Hojimirzaev, tuman ichki ishlar bo‘limi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori R.Ibragimova, NamMQI profilaktika inspektori S.Sherg‘oziev, Yangi Namangan tumani Beruniy MFY raisi yordamchisi Sh.Jo‘raeva hamda fakultet tyutorlari ishtirok etdi.
Ular tomonidan talabalarga ta'lim borasida yoshlarga yaratilgan imtiyozlardan samarali foydalanish, bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish odobi, hozirgi kunda mavjud noqonuniy diniy tashkilotlar va missionerlik harakatlari ta'siriga tushib qolish holatlarini oldini olish borasida ogoh bo‘lish haqida tushuntirildi.
NamMQI media markazi