«IT sohasida xotin-qizlar o‘rni» mavzusidagi forumi bo‘lib o‘tdi
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Oliy ta'lim, fan va innovasiyalar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tomonidan AKT sohasida qizlar xalqaro kuniga bag‘ishlangan «IT sohasida xotin-qizlar o‘rni» mavzusidagi forumi bo‘lib o‘tdi.
Forumda Respublikamizdagi barcha OTMlardan dasturchi ayollar, pedagog, tadqiqotchilar o‘z ma'ruzalari bilan ishtirok etdi.
Tadbirda 50 nafaga yaqin tadqiqotchi-pedagog ayollar, shu jumladan «Texnik tizimlarda axborot texnlogiyalari» kafedrasi professori Ozoda Abdullayeva o‘z ishlanmalari bilan qatnashdi. Vakilimizga forumning maxsus sertifikati topshirildi.