Irodaga elektropech topshirildi
Namangan muhandislik-qurilish instituti mutasaddilari Yangiqo‘rg‘on tumani, Rovut mahallasida istiqomat qiluvchi Iroda Isroilova xonadonini yo‘qladi.
Irodaxon oilaviy shifokorlik punktida hamshira bo‘lib ishlaydi, 2-guruh nogironi. U institut rektori bilan muloqoti davomida pishiriq tayyolash va bo‘sh vaqtida qo‘shimcha daromad topish uchun elektropech' olishda yordam so‘ragandi.
NamMQI birinchi prorektori Odiljon Jakbarov boshchiligidagi mutasaddilar Irodaxon va uning oilasiga elektropech' topshirdi. Xonadon egalari institut mutasaddilariga minnatdorlik bildirib, duoga qo‘l ochdi.