Iqtisodiyot va boshqaruv fakultetida auditorlar bilan uchrashuv tashkil etildi
Iqtisodiyot va boshqaruv fakultetida Auditorlar palatasi Farg‘ona viloyat bo‘limi bosh direktori Muhammad Botirov va “TTT-AUDIT” mas'uliyati cheklangan jamiyatida faoliyat olib boruvchi xalqaro sertifikatga ega mutaxassislar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Unda fakultet talabalari va professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.
M.Botirov uchrashuvda talabalarga hozirgi kunda yaratib berilayotgan sharoitlar, sohaning yetuk mutaxassisi bo‘lishi uchun zarur bilimlar hamda uni tasdiqlovchi xalqaro sertifikatlar turlari, ularni olish tartibi to‘g‘risida batafsil ma'lumot berib o‘tdi.
Jumladan, buxgalteriya mutaxassisligi uchun Iqtisodiyot fakulteti rahbariyati bilan kelishgan holda “Moliyaviy xisobotlarning xalqaro sertifikatlari” (MHXS) ni olish uchun Moliya vazirligi tashabbusi asosida bepul o‘quv kurslari tashkil etilishini bildirib o‘tdi. Mazkur loyiha bo‘yicha taqdimot o‘tkazilib, yakunida talabalarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.