• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

“Intellektual mulk ob'yektlarini huquqiy muhofazasi” bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etildi

Joriy yilning 16-25 yanvar kunlari Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk markazi davlat muassasasida Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlari (TIQQM)ning mas’ul xodimlari uchun “Intellektual mulk ob'yektlarini huquqiy muhofazasi” bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etildi. 
Tashkil etilgan kurslarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-yanvardagi PQ–4965-son qarori bilan tasdiqlangan “Intellektual mulk sohasini rivojlanitirish bo‘yicha 2021-2023 yillariga mo‘ljallangan amaliy ishlar Dasturi” ga muvofiq hududlarda intellektual mulk ob’ektlarini yaratish va ularni huquqiy muhofazi bo‘yicha belgilangan o‘quv dasturlariga muvofiq mashg‘ulotlar tashkil etildi. Kursda Namangan muhandislik-qurilish institutidan kafedra mudiri D.Abduvaxobov ishtirok etib, Intellektual mulk markazi davlat muassasasi rahbariyati tomonidan “Intellektual mulk asoslari” bo‘yicha o‘quv dasturini muvaffaqiyatli tamomlaganligi to‘g‘risida sertifikat topshirildi.      

 

 

 

  • Share :