Institutning 22 nafar iqtidorli talabasi Boʻstonliqdagi Wikioromgohda jamlandi
Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan oʻzbekcha vikipediyani yanada rivojlantirish maqsadida yoʻlga qoʻyilgan Wikioromgoh loyihasining 4-mavsumi oʻz ishtirokchilarini yana bir manzilda jamladi.
Ushbu mavsum ishtirokchilari yurtimiz bo‘ylab eng yaxshi oliygohlarning eng faol, o‘zbek tili hamda o‘zbekcha Vikipediya uchun beminnat yordam berishga tayyor bo‘lgan bilimli va zukko talaba-yoshlaridan saralab olindi.
Quvonarlisi, ushbu mavsumning eng faol va eng koʻp talabalariga ega boʻlgan oliygohi sifatida Namangan muhandislik-qurilish instituti qayd etildi. Hozirda 22 nafar iqtidorli talabalarimiz Boʻstonliq tumanida joylashgan oromgohda oʻzbekcha vikipediya uchun oʻz hissalarini qoʻshmoqda.