Institutda Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi bilan hamkorlikda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi boʻlib oʻtdi
Namangan muhandislik-qurilish institutida Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi bilan hamkorlikda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Viloyatdagi oliy taʼlim muassasalari yoshlar yetakchilari va koordinatorlari bilan muloqotda institut rektori Sharifjon Ergashev va Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi raisi Aziz Toshmatov ishtirok etdi.
Ular yetakchilar va koordinatorlar tomonidan berilgan koʻplab savollarga batafsil javoblar berdi, takliflar va murojaatlarni tingladi.
Tadbir davomida institut rektori yoshlar bilan ishlashdagi faolligi va jonkuyarligi uchun Yoshlar ittifoqi viloyat kengashining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.
NamMQI media markazi