• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Institutda «Yong‘in va portlash xavfi yuqori bo‘lgan kimyoviy moddalarni saqlash, tashish va foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi» mavzusida ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi

Viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkillangan seminar nazariy va amaliy tarzda o‘tkazildi. Nazariy qismida mavzuga oid ma'ruzalar qilindi va ishtirokchilarni qiziqtirgan savollar yuzasidan atroflicha muhokamalar o‘tkazildi.

Amaliy qismida doktorant va o‘qituvchilar tomonidan yong‘in va portlash xavfi yuqori bo‘lgan kimyoviy moddalarni boshqa moddalar bilan kimyoviy reaksiyalarga kirishganda issiqlik ajralib chiqishi, o‘z-o‘zidan alangalanishi hamda chaqnashi laboratoriya tajribalari tarzida ko‘rsatib berildi.

Seminarda institut mutasaddilari, boshqarma bo‘lim boshliqlari, shahar va tuman favqulodda vaziyatlar yong‘in-qutqaruv qism va smena boshliqlari, tadbirkorlik sub'ektlari vakillari va ombor mudirlari ishtirok etdi.

  • Share :