Institutda xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish xalqaro kuni munosabati bilan “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” nomli tadbir tashkil etildi
Tadbirda Yangi Namangan tumani IIB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori R.Ibragimova, institutga biriktilgan IIB vakili, kapitan S.Sherg‘oziyev, institut xotin-qizlar kengashi raisi S.Atamirzayeva, fakultetlardagi shunday kengashlar raislari va talaba qizlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik, uning turlari, himoya orderi, uni olish tartibi, qanday shaxslarga berilishi, muddati va tartibi haqida muloqot bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, psixologik trening, savol-javob kabi usullardan foydalanib, talaba qizlarning mavzuga oid bilimlari mustahkamlandi.
NamMQI media markazi