Institutda texnikum bitiruvchilarini oliy oʻquv yurtiga suhbat asosida qabul qilish jarayonlari boshlandi
Muloqotni har bir yoʻnalishning yetuk professor-oʻqituvchilari olib bormoqda.
Jarayonda institut korrupsiyaga qarshi kurash boʻlimi xodimlari ishtirok etmoqda.
Bitiruvchilarning yaqinlari institut foyesida tashkil etilgan maxsus burchakda farzandlari qay tartibda suhbatdan oʻtayotgani va savollarga javob berayotganini bevosita kuzatib borishlari uchun imkoniyat yaratilgan.
NamMQI media markazi