Institutda “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining 2024-yil davlat dasturi loyihasiga bagʻishlangan muhokama yigʻilishi boʻlib oʻtdi
Tadbirni institut birinchi prorektori Odiljon Jakbarov ochib berdi. U oʻz chiqishida ushbu loyiha bugungi kunda keng muhokama etilayotgani va koʻplab takliflar bildirilayotganini taʼkidladi.
Viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi Zulfiya Ahmadxoʻjayeva, Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi viloyat boʻlimi rahbari Muhammadali Ubaydullayev mazkur strategiyaga asos boʻlib xizmat qilayotgan farmon va qarorlar, ularning aholini barcha qatlamlari, jumladan, oliy taʼlim tizimi vakillari va yoshlar uchun ahamiyati haqida maʼruza qildi.
Institut Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti Behzod Isʼhoqov, ushbu kafedra katta oʻqituvchisi Nigora Abdullajonova “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining 2024-yil davlat dasturi loyihasining asosiy yoʻnalishlariga toʻxtalib oʻtdi.
Yigʻilish yakunida mavzu yuzasidan muloqot va savol-javoblar boʻlib oʻtdi.
NamMQI media markazi