Institutda “Olima ayollar kengashi” tashkil etildi
“Ilmli ayol — jamiyat koʻzgusi” forumi arafasida Namangan muhandislik-qurilish institutida ayol professor-oʻqituvchilarning yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishni institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Muhammadjon Dadamirzayev ochdi va olib bordi.
Tadbirda institutda ayollarga yaratilayotgan imkoniyat va sharoitlar, mavjud ilmiy salohiyat haqida soʻz bordi. Shuningdek, institutda “Olima ayollar kengashi” tashkil etish taklifi bildirildi.
Ushbu taklif bir ovozdan qoʻllab-quvvatlandi.
Kengash aʼzolari va raisi nomzodi muhokama qilindi. Kengash raisligiga Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari kafedrasi professori Ozoda Abdullayeva saylandi.
NamMQI media markazi