Institutda Namangan viloyati Yosh turizm elchilari kengashi aʼzolari va volontyorlar uchrashuvi bo'lib o'tdi
Joriy yilning 10-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Yosh turizm elchilari kengashi raisi Komiljon Suyarov hamda Namangan viloyati Turizm boshqarmasi tomonidan Namangan viloyati Yosh turizm elchilari kengashi aʼzolari va volontyorlar uchrashuvi o'tkazildi.
Uchrashuv davomida turizmning ushbu tarmogʻini yanada rivojlantirish va bu yondashuv orqali yoshlar turizmini ommalashtirishga qaratilgan taklif va mulohazalar bildirildi.
Namangan viloyati Yosh Turizm elchilari kengashiga avgust oyida boʻlib oʻtadigan "Yoshlar Kelajak bunyodkorlari" 3-xalqaro Qurultoyi boʻyicha maʼlumotlar va dasturga oid topshiriqlar berildi.