Institutda “Milliy liboslar — mening iftixorim” oyligi doirasida “Buvijonim kiygan liboslar” koʻrik-tanlovi boʻlib oʻtdi
Tadbirni institut rektori tabrik soʻzi bilan ochib berdi va ishtirokchilarga muvaffaqiyatlar tiladi.
Tanlovda barcha fakultetlardan talaba qizlar ishtirok etib, tarix bilan uygʻunlikka ega milliy kiyimlarni namoyish qildi. Savollarga javob berib, sahna koʻrinishlari ijro etdi.
Hakamlar hayʼati tomonidan berilgan ovozlar natijasiga koʻra, birinchi oʻrin Energetika va mehnat muhofazasi, ikkinchi oʻrin Transport, uchinchi oʻrin esa Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti talaba qizlar jamoalariga nasib etdi.
Gʻolib va sovrindorlarga tashakkurnomalar hamda pul mukofotlari vaucherlari topshirildi.