Institutda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni keng nishonlandi
Namangan muhandislik-qurilish institutiga 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni arafasida institut bilan yaqindan hamkorlik qilib kelayotgan bir guruh soha vakillari taklif etildi.
Institut rektori Sharifjon Ergashev ularni kasb bayrami bilan qutlab, mashaqqatli mehnatlarida muvaffaqiyat va omad tiladi.
“Muhandislik yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalariga eʼtibor va talab yanada kuchaygan hozirgi sharoitda siz azizlar bilan hamkorlik biz uchun eng muhim masalalardan biri hisoblanadi. Eshiklarimiz siz uchun doim ochiq, muloqotga hamisha tayyormiz!”, dedi rektor.
Tadbir davomida Respublika nashrlari, telekanallari va saytlari hamda mahalliy OAVda faoliyat olib borayotgan 30 ga yaqin jurnalist va bloger institut tashakkurnomasi hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
NamMQI media markazi