Institutda “Innovatsion qurilish materiallarini ishlab chiqarish istiqbollari va qurilishda innovatsiyalar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi boʻlib oʻtdi
Qurilish fakulteti mezbonlik qilgan konferensiya avvalida ishtirokchilar fakultetda yaratilgan sharoitlar va laboratoriyalar bilan tanishdi.
Tadbirni institut oʻquv ishlari boʻyicha prorektori Qahramon Inoyatov tabrik soʻzi bilan ochib berdi va anjuman ishiga muvaffaqiyatlar tiladi.
Xorijlik olimlar ham ishtirok etgan konferensiya davomida Oʻsh davlat universiteti professori Muxtor Oʻrozboyev, Fargʻona politexnika instituti professori Rahimaxon Nazirova, NamMQI professorlari Adhamjon Hamidov, Alisher Alinazarov va boshqalarning mavzu yuzasidan maʼruzalari tinglandi.
Yakunda anjumanning eng faol ishtirokchilariga tashakkurnoma va sertifikatlar taqdim etildi.