Institutda Bobur tavalludining 541 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-badiiy kecha bo‘lib o‘tdi
Muhandislik kommunikatsiyalari fakulteti tashabbusi bilan tashkillangan tadbirni institut birinchi prorektori Odiljon Jakbarov kirish so‘zi bilan ochib berdi. U shu kabi tadbirlar barcha fakultetlar tomonidan tashkillanayotganini ta’kidlab, faqat bugungi sana bilan cheklanib qolmasligini qayd etdi.
Tarix fanlari nomzodi, dotsent Tohirjon Qozoqov "Bobur va Axsikent" mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruza davomida Bobur shaxsiyati, Axsikentdan boshlangan qizg‘in faoliyati, qoldirgan boy merosi haqida so‘z bordi.
Tadbir professor-o‘qituvchilar, tyutorlar va talabalarning buyuk shoh va shoirga oid savollariga batafsil javob va izohlar bilan yakunlandi.