Institut Yoʻl muhandisligi kafedrasi dotsenti Nosirjon Saydazimov 60 yoshni qarshiladi
Namangan muhandislik-qurilish institutida professor-oʻqituvchilarni yubiley sanalari bilan tabriklash odat tusiga kirgan. Institut jamoasi bu gal Yoʻl muhandisligi kafedrasi dotsenti Nosirjon Saydazimovning 60-yillik tavallud ayyomini nishonlash uchun jamlandi.
Nosirjon Saydazimov 1964-yil 23-fevralda Chortoq tumanida tugʻilgan. 1986-yilda Toshkent temir yoʻl muhandislari institutini tamomlagan. 2004-yildan Namangan muhandislik-pedagogika institutida (hozirgi Namangan muhandislik-qurilish instituti) faoliyatini boshlab, oʻqituvchilikdan dotsentlikkacha boʻlgan sharafli yoʻlni bosib oʻtdi.
Institut rektori Sharifjon Ergashev yubilyarni sana bilan qutlab, jamoa nomidan eng ezgu tilaklarini bildirdi.
NamECI media markazi