Institut xotin-qizlar kengashi raisi vazirlik faxriy yorligʻi bilan taqdirlandi
Institut xotin-qizlar kengashi raisi Sohiba Otamirzayeva Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan oʻtkazilgan tantanali tadbirda ishtirok etdi.
Tadbirda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov ham qatnashdi va mehmonlar, barcha professor-oʻqituvchi ayollar va vazirlik jamoasini bayram bilan qutladi.
Sohiba Otamirzayeva bayram munosabati bilan vazirlik faxriy yorligʻi bilan taqdirlandi.