• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Institut talaba-yoshlari o'rtasida "TechnoWays" texnologik rivojlanish marafoni o'tkazildi

Marafonni Ilmiy-ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor M.Dadamirzayev kirish so'zi bilan ochib berdi. Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi boshlig'i D.Akbaraliyev ishtirokchilarga  tanlov shartlari haqida tushunchalar berdi.

Professor-o'qituvchilardan tuzilgan hakamlar hay'ati ishtirokchilarning loyihalarini baholab bordi.

Marafonning yakuniy natijalari quyidagicha ko'rinish oldi:

1-o'rin—Transport fakulteti talabasi  Dilshodbek Jo'raboyev (Tartibga solinmagan piyodalar o'tish yo'lagini qayta texnik jihozlash loyihasi);

2-o'rin—Sanoatni axborotlashtirish fakulteti talabasi Nursaid Nasirdinov (Smart Wast Bin-Aqlli chiqindi qutisi loyihasi);

3-o'rin—Sanoatni axborotlashtirish fakulteti talabasi  Zeboxon Abdug'aniyeva (Poliefir sintezi va mahsulot sifat ko'rsatkichini oshirish loyihasi).

Marafonda g'olib bo'lgan talabalar munosib rag'batlantiriladi.

  • Share :