Institut olimlari yaratgan milliy platforma amaliyotga joriy etildi
Institutda Prezidentning “Bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish hamda seysmik xavfni monitoring qilish faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-161 sonli qarori ijrosi izchil ta'minlanmoqda.
Jumladan, Sanoatni axborotlashtirish fakul'teti olimlari tomonidan qarorda belgilangan aholini zilziladan oldin, zilzila vaqtida va zilziladan so‘ng to‘g‘ri harakatlantirish bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqildi hamda raqamlashtirildi.
Institut olimlari tomonidan yaratilgan “Aholini zilzilaga tayyorlash milliy platformasi”ni takomillashtirish ishlari yakunlanib, amaliyotga to‘liq joriy etildi.
Oliy ta'lim, fan va innovasiyalar vazirligi rasmiy saytida e'lon qilingan rolik shu haqda.