Institut ilmiy kengashining navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Namangan muhandislik-qurilish instituti ilmiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni institut rektori Sharifboy Ergashev ochdi va olib bordi. Ilmiy kengash avvalida ilmiy darajaga erishgan va turli tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etgan professor-o‘qituvchilar va talabalar taqdirlandi. Shundan so‘ng fakultet va kafedralar kesimida ilmiy salohiyat ko‘rsatkichlari tanqidiy tahlil qilindi. Imkoniyati bo‘laturib, ilmiy salohiyatni oshirish, doktoranturaga nomzodlar tayyorlashda sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgan mas'ullarning hisobotlari tinglanib, holatni o‘zgartirishlari zarurligi yuzasidan ogohlantirildi. Shuningdek, elektron darslik va qo‘llanmalar yaratish borasidagi kamchiliklar ham tanqid ostiga olindi. Bu jarayonni tashkillashi lozim bo‘lgan mutasaddilardan mas'uliyat so‘raldi. Ilmiy kengash yig‘ilishda ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
NamMQI media markazi