Institut ilmiy kengashining joriy yildagi yakuniy majlisi bo‘lib o‘tmoqda
Majlisni institut rektori Sharifjon Ergashev ochdi va olib bormoqda.
Yig‘ilish kun tartibiga institutda 2023 yilda amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari sarhisobi, joriy o‘quv yiliga talabalar qabuli to‘g‘risida hisobot, ta'lim jarayonida axborot texnologiyalarini joriy etish, raqamlashtirish va axborot xavfsizligini ta'minlash chora-tadbirlari, institut bo‘limlarining 2023 yildagi faoliyati va kelgusi yil uchun rejalarini tasdiqlash masalalari kiritilgan.
Ilmiy kengashda kun tartibidagi masalalar bo‘yicha mas'ullar va mutasaddilarning chiqishlari tinglanib, tegishli qarorlar qabul qilinmoqda.
NamMQI media markazi